«vafot etdi» tegli maqolalar


Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi maktab basseynida cho‘milgan vaqti vafot etdi
26 aprel 2024, 17:18

Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi maktab basseynida cho‘milgan vaqti vafot etdi

Poytaxtning Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi tumanda joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib vafot etdi. Bosh prokuratura o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinladi.

“Ayolim farzandim bilan qo‘limda jon berdi” — Toshkent viloyatida homilador ayol antibiotik in’eksiya ortidan vafot etdi
18 aprel 2024, 19:17

“Ayolim farzandim bilan qo‘limda jon berdi” — Toshkent viloyatida homilador ayol antibiotik in’eksiya ortidan vafot etdi

Bo‘stonliq tumanida 29 yoshli ayol va uning 7,5 oylik homilasi antibiotik in’eksiya qabuli ortidan nobud bo‘lgani aytilmoqda. Marhumaning eri ayoliga ruxsat etilmagan allergiya beruvchi dori yozib berilganini ta’kidladi. U “ayolning sog‘lig‘iga bee’tibor bo‘lganlarga” qonuniy chora ko‘rishni so‘ramoqda.

Toshkentda o‘quvchisi tok urishidan vafot etgan maktabning direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi
17 aprel 2024, 11:39

Toshkentda o‘quvchisi tok urishidan vafot etgan maktabning direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi

O‘tgan yili Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘quvchining elektr toki urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktab ma’muriyatiga sud hukmi chiqarildi. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 4 yilga qamaldi, direktorga esa 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi berildi.

Xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman vafot etdi
28 mart 2024, 09:25

Xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman vafot etdi

Psixolog va iqtisodchi, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, xulq-atvor iqtisodiyoti asoschilaridan biri Daniel Kaneman 90 yoshida vafot etdi.

Buxoro tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi vafot etdi
29 fevral 2024, 10:49

Buxoro tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi vafot etdi

Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ariqqa tushib ketib vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22 fevral 2024, 11:59

Jizzaxda 3 yoshli bog‘cha tarbiyalanuvchisi ariqqa tushib ketib vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura Do‘stlik tumanidagi bog‘cha tarbiyalanuvchisi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bir hafta avval oilaviy nodavlat MTTning qarovsiz qolgan 3 tarbiyalanuvchisi ko‘chaga chiqib ketgan va 3 yoshli qiz bog‘chadan 1 km uzoqlikdagi fermer xo‘jaligi arig‘idan o‘lik holda topilgandi. Bog‘cha yopildi.

Toshkentda 12 yoshli o‘quvchining to‘p tegib vafot etgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
21 fevral 2024, 12:34

Toshkentda 12 yoshli o‘quvchining to‘p tegib vafot etgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Oktabrda Toshkentdagi 259-maktabda jismoniy tarbiya darsida 12 yoshli bola koptok tegib, vafot etgani yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bir necha kun avval shu maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etgandi.

Farg‘onada gaz “zapravka”dagi janjal oqibatida bir yigit vafot etdi
5 fevral 2024, 10:06

Farg‘onada gaz “zapravka”dagi janjal oqibatida bir yigit vafot etdi

Dang‘ara tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqti faol qarshilik ko‘rsatilgani sabab ularni ajratmoqchi bo‘lgan yigit hushini yo‘qotgan. U shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.

Jurnalist Ayjamal Joldasbayeva vafot etdi
11 yanvar 2024, 15:57

Jurnalist Ayjamal Joldasbayeva vafot etdi

Jurnalist, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi. Yaqinlari unda homiladorlik davri og‘ir kechganini aytmoqda. U 2014-yilda Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan.

Jurnalist Suriya Magdeyeva vafot etdi
5 oktabr 2023, 14:38

Jurnalist Suriya Magdeyeva vafot etdi

“Darakchi plyus” gazetasi jurnalisti Suriya Magdeyeva kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi.

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi
15 sentabr 2023, 12:35

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi

Dunyo bo‘ylab telekanalining “Svoimi glazami” dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Unda antibiotik dori qabul qilinganidan keyin allergik reaksiya kuzatilgan va jurnalist anafilaktik shokni boshdan kechirgan.

RSHTYOIM Namangan filiali direktori yurak kasalligidan vafot etdi
8 sentabr 2023, 15:06

RSHTYOIM Namangan filiali direktori yurak kasalligidan vafot etdi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali direktori Xamidullo Ustabayev 50 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi
20 iyul 2023, 10:13

20 yoshli instabloger Asad Algo vafot etdi

Instagram`da milliondan ortiq obunachiga ega bo‘lgan bloger Asad Algo jarrohlik amaliyotidan so‘ng 20 yoshida vafot etdi. Uning ko‘cha bezorilari hujumiga uchragani aytilmoqda. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Jizzaxda yuk avtomobili va Epica to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
1 iyul 2023, 09:53

Jizzaxda yuk avtomobili va Epica to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Sharof Rashidov tumanida Shacman yuk mashinasi Epica avtomobiliga urilib, 2 yo‘lovchi ayol vafot etdi. Shuningdek, ushbu YTH ortidan yana 5 ta transport vositasi to‘qnashib ketdi.

Namangan viloyatida Nexia urib yuborgan 2 piyodaning biri vafot etdi
25 may 2023, 10:32

Namangan viloyatida Nexia urib yuborgan 2 piyodaning biri vafot etdi

Davlatobod tumanida haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagani oqibatida Nexia-2 mashinasi 2 piyodani urib ketdi. Og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan bemorlarning biri vafot etdi.

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi
14 may 2023, 09:02

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 81 yoshida vafot etdi. Shoira uzoq yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri va bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Futbol murabbiyi Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi
8 may 2023, 13:02

Futbol murabbiyi Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi

“Paxtakor” va “Navbahor” klublari bilan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan murabbiy Viktor Jalilov 71 yoshida vafot etdi. U O‘zbekiston U-22 jamoasini ham boshqargan.

Qashqadaryoda 2 ta Nexia to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
6 may 2023, 09:11

Qashqadaryoda 2 ta Nexia to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Qarshi tumanida Nexia-3 qarama-qarshi tomondan kelayotgan Nexia-2 bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 yo‘lovchi hodisa joyida vafot etdi, yana 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Qo‘qonda Gentra va Mercedes-Benz to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
22 aprel 2023, 12:18

Qo‘qonda Gentra va Mercedes-Benz to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Qo‘qon shahrida Gentra ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan Mercedes-Benz mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda 2 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi, 2 haydovchi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi
18 aprel 2023, 02:08

Jurnalist va yozuvchi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Murod Xidir 84 yoshida vafot etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting